Misrda oxirgi ötgan kunda kuçli sodir bölgan yomğir natijasida vujudga kelgan toşqin oqibatida 11 nafar kişi halok böldi. Bu haqda yangiliklar portali gazetasi "Al-Axram" xabar bermoqda.
Qohiradan şimolda joylaşgan Buxeyra viloyatining Vadi en-Natrun tumanida sakkiz nafar kişi tunda uylarini butunlay qoplagan toşqin natijasida halok bölişgan. Ayni şu damda ular uxlab yotgan va taşqariga çiqişga ulgurişmagan edi.
Bundan taşqari, Aleksandriya ham suv toşqini ostida qolgan. Ba'zi joylarda toşqin bir metrgaça kötarilgan va natijada avtotrassalar, tonnel va magistral yöllari hamda şaharning köp kilometrli qirğoği suv ostida qolgan. Şahardagi vaziyat çiqindi suv quvurlarining axlat bilan tölib qolgani evaziga yanada murakkablaşgan. Bir qança tumanlar elektr kabellarining uzilişi yoki qisqa tutaşuvi natijasida elektr quvvatisiz qolgan.
Mamlakatdagi uşbu tabiiy ofat yuzasidan vaziyatni aniqlaştirib boruvçi tezkor ştab taşkil qilingan. Aleksandriya tumanida favqulodda holat joriy etilgan.






