Vimpelcom Ltd. telekommunikatsiya xoldingining sobiq boşliği Jo Lunder Oslo aeroportida hibsga olindi. Bu haqida uning advokati Kato Şyots xabar bergan.
Yuristning sözlariga muvofiq Lunderga nisbatan ayblov qöyilgan. Şyotsning özi mazkur ayblov bilan hali tanişganiça yöq. Advokatning ma'lum qilişiça, gap Vimpelcom Ltd.da sodir bölgan korrupsiya harakatida Lunderning aloqadorligi xususida bormoqda.

Iqtisodiy jinoyatga qarşi Norvegiya bölimi vakillari hibs haqida heç narsa deyişmayapti, ammo bu voqeani inkor ham etişmayapti.

Jo Lunder 2011 yilda VimpelCom Ltd.da rahbar bölib kelgan edi. U öz lavozimini 2015 yilning aprel oyida tark etdi. Uning örniga fransuz operatori SFR kompaniyasining sobiq rahbari Jan Iv Şarle tayinlangan edi.