Suriyada demokratik kuçlar tomonida turib IŞIDga qarşi kuraşayotgan Kanada fuqarosi halok böldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

Telekanalda aniqlaştirilişiça, bu axborot Suriya huquq himoyaçilari tomonidan yetkazilgan. Suriya demokratik kuçlari saflarida bölgan Jon Robert Gallaxer kamikadzening uning otryadiga uyuştirgan hujumi oqibatida halok bölgan.

Marhum Alberta viloyatining Kalgari şahrida istiqomat qilgan, Yaqin Şarqqa yöl olişdan ilgari esa Kanada qurolli kuçlarining piyoda batalonlaridan birida xizmat ötagan.
Kanada TIV uşbu axborot tekşirilayotganini ma'lum qildi.