Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Ta'lim vaziri Sorina Kimpyanuni vaqtinça boş vazir lavozimini bajaruvçi qilib tayinladi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.
Bu haqda prezident saroyida bölib ötgan brifing çoğida e'lon qilindi.
Bundan avvalroq esa Ruminiya boş vaziri Viktor Ponta iste'foga çiqarilgan edi.
Iste'foga çiqiş töğrisidagi qaror poytaxt Buxarest şaxridagi klublardan birida yuzaga kelgan yonğindan söng bölib ötgan ommaviy norozilik namoyişi ortidan qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, 2015 yil 31 oktabr kuni Colectiv tungi klubida muşakbozlik vaqtida yonğin kelib çiqib, birgina çiqiş yöli oldida tiqilinç yuzaga kelgan, oqibatda 32 kişi kuyiş va is gazidan zaharlaniş natijasida vafot etgan edi.






