Rossiyaning Janubiy Saxalin viloyat sudi “Xudoga iltijo” kitobini ekstremistik deb tan oliş haqidagi hukmni bekor qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Bundan taşqari, sud viloyat prokuraturasining kitobning ayrim parçalarini ekstremistik deb topiş borasidagi apellyatsiya taqdimotini rad qilişga qaror berildi.
“Bu muhim qarordir, - dedi Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning vakili Said-Magomed Çapanov. – Bu butun jahon hamjamiyatining ğalabasidir. Öz bayonoti bilan prokuratura Qur'on iqtiboslarini şubha ostiga qöydi. Har bir musulmon kun davomida kamida 17 marta duo öqiydi. Bundan çiqdi, har bir musulmon kuniga 17 marta ekstremist ekan.
Qur'on suralarini man qiliş xristianlarga “Otamiz”ni öqişga man qilişday gapdir”.
Ilgariroq Çeçeniston yetakçisi Qur'ondan parçalar keltirilgan kitobni ekstremistik ruhda deb topgan prokuratura bilan sudlaşişni boşlab, uzr söraşni talab qilgani haqida ma'lumot berilgan edi.






