Ayollar tennisi assotsiatsiyasi röyxatida birinçi örinda qayd etilgan Serena Uilyams telefonini öğirlab ketgan öğrini uşlaşga muvaffaq böldi. Bu haqda 34 yoşli amerikalik sportçi öz Instagram sahifasida xabar bergan.
"Keçki taom vaqtida men bilan ajoyib sarguzaşt yuz berdi, - deb yozadi Uilyams. – Xitoy restoranlaridan birida ötirganimda, yonimdagi şubhali kişi e'tiborimni tortdi. U biz ötirgan joyda uzoq qolib ketdi. Men uni kuzata boşladim. Ammo bir daqiqaga çalğişim hamono, u telefonimni öğirladi-da, qoçib ketdi.
Men qarab turmadim, stoldan sakrab ötdim va restoran içida uni quvişga kirişdim. U imkoni boriça yugurar, ammo men undan köra tez yugurayotgandim. Yakunda men unga yetib oldim. U voqealar rivojini bunday tus olişini kutmaganini aytdi. Bu borada u haq edi. Undan telefonimni qaytarib oldim va uni qöyib yubordim”.
"Qarsaklar ostida restorandan çiqdim, - qöşimça qildi tennisçi. – Öşa damda özimdan faxrlanib ketdim. Maslahatim, töğri işlarni amalga oşiriş uçun doim içingizdagi superqahramon ovoziga quloq tuting ".






