Toşkentda maşina içidan 27 mln söm öğirlagan bir guruh jinoyatçilar qölga olindi. Bu haqda “Ogoh” naşri yozmoqda.

1978 yili tuğilgan Omon Xayrullayev şahardagi restoranlardan birida ukasi Otabekning hamkasblari bilan ötirganida, ulardan birini – Akmal ismli şaxsni Farğonaga olib ketişi lozim bölgan kirakaş Ikrom Azizov muassasaga kirib kelib, bir joydan 60 mln söm olganini, şunga uşlanib qolganini aytdi.

Buni eşitgan Omon darhol restorandan çiqib, tanişi Jamşidga qönğiroq qildi va vaziyatni tuşuntirdi. Jamşid u yerga yetib kelib, maşina içiga kirdi va u yerdagi ikkita sumkani qöliga oldi. Şu payt avtoturargoh qorovuli Ya. Hoşimov uning şubhali xatti-harakatlariga e'tibor berib, ovoz kötardi. Buning natijasida Jamşid 27 mln sömni olib, qolgan pullarni taşlab qoçib ketdi.

Öğrilikni bilgan kirakaş militsiyaga murojaat qildi. Ötkazilgan qisqa tekşiruv çoğida barça jinoyatçilar aniqlandi. Sud ularga tegişli jazoni tayinladi.