AQŞning Demokratlar partiyasi yetakçilari prezident Barak Obamaning IŞIDga qarşi kuraşiş uçun Suriyaga qöşin yuboriş haqidagi qaroridan norozi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi.

Respublikaçilar bu taşabbusni keragidan kiçikroq miqyosda deb hisoblayotgan bölsa, demokratlar hattoki 50 nafar jangçi ham köplik qilişini e'tirof etmoqda.
“Prezident Suriyada heç qanday yer usti operatsiyalari bölmasligini uqtirganidan söng xavotirga tuşmaslik mumkin emas, endi esa qöşinlarimiz ham u yerga yöllanmoqda”, - dedi Konnektikut şatati senatori Kris Myorfi.

Şu bilan birga, Oq Uy qöşinlar jang qiliş emas, balki Suriya muxolifatiga maslahatlar beriş uçun yöllanganini ta'kidlamoqda. Ammo demokratlar amaliyot va nazariya örtasidagi çegara arzimas sabab bilan buziliş ehtimoli borligidan xavotirda.