Xitoy Afğoniston poytaxti Kobulda 10 mingta arzon kvartiraga möljallangan turar-joy binolari qurilişini moliyalaştiradi, deb xabar berdi rasmiy manbalarga iqtibos keltirgan holda afghanistan.ru naşri.

Uşbu loyiha böyiça tegişli memorandum yaqinda Kobulda bölib ötgan Afğoniston-Xitoy muzokaralari natijalariga köra boşqa hujjatlar bilan birga imzolandi.

Afğoniston şahar rivojlanişi vazirligi ma'lumotlariga köra, bu Sobiq ittifoq Afğonistonda amalga oşirgan şunga öxşaş taşabbusidan keyin kölami böyiça ikkinçi raqamli uy-joy qurilişi loyihasi böladi.

Xitoy quriliş dasturi yakunlangandan keyin öz uyiga ega bölmagan köplab davlat xizmatçilari va yoş oilalar imtiyozli şartlarda kreditga kvartiralar sotib oliş imkoniyatiga ega böladilar, deb aytdi vazir Said Saodat Mansur Nodiriy.

Ayni paytda şaharlarga köçib ötayotgan yuz minglab afğon oilalari özlariga uy sotib olişga moddiy imkoniyatlari bölmagani sababli ijaraga uy olişga majbur bölmoqdalar. Uşbu quriliş loyihasining amalga oşirilişi mamlakatdagi uy-joy bozoridagi vaziyatni yaxşilaşga imkon beradi.