Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarni Axborot va matbuot kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma matni davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Öz murojaatida Qirğiziston rahbari jurnalistlarni jamiyatdagi muhim örinlarini töğri anglab yetgan holda kasblariga çuqur mas'uliyat bilan yondaşiş va noxolislikka yöl qöymaslikka çaqirdi.

“Matbuot bizni har kuni oxirgi yangiliklar bilan taniştirib boradi. Şu bilan birga jurnalistlar jamoatçilik fikrining ifodaçisi, xalq va hokimiyat örtasidagi köprik vazifasini ötaydi, - deyiladi hujjatda. – Kuçli söz odamlarni birlaştiriş, yaxşilikka işonç uyğotiş qobiliyatiga ega.

Ammo u vayron qiliş qudratini ham namoyiş eta oladi. Şu bois jurnalist qalami ötkir, lekin ayni paytda xolis bölişi zarur”.
Atambayev gazeta sahifalarida va televideniye efirida vatanga muhabbat hamda insonlar hayotini yaxşilaş niyati samimiy aks etişiga tilak bildirib qoldi.