2015 yil avvalida britaniyalik Deyl Parkin va uning turmuş örtoği Misrning Şarm-aş-Şayx aeroportida barça nazorat hududlari, jumladan, yuklar tekşiruvini aylanib ötgan holda samolyotga çiqib olgan edi. Bu haqda u Sky News telekanaliga bergan intervyusida sözlab berdi.

Parkinning sözlariga köra, turmuş örtoği bilan aeroportga kelganidan söng terminaldagi uzun navbatlarga közi tuşadi. Bir oz vaqtdan söng uning oldiga soqçilardan biri kelib, britaniyalikka noqulaylikdan osongina qutuliş yöli borligini aytadi. Ulardan barça xavfsizlik jarayonlarini çetlab ötgan holda samolyotga çiqib olişi uçun 20 funt sterling (30 dollar) “xizmat haqi” söraydi.

Sayyohlar bunga rozi bölişadi va aytilgan pulni tölab, yuklarini konveyer tasmasiga skaner tekşiruvisiz qöyişadi.
“Öşa paytda 20 funt evaziga navbatlarni aylanib ötiş mumkinligi bizni hayratga solgan edi. Sodir bölgan yangilikni eşitgandan söng bu işning mudhiş oqibatini anglab yetdim”, - tan oldi Parkin 31 oktabr kuni Sinay yarimorolida Rossiyaning Airbus A321 yölovçi layneri halokatga uçragani bilan boğliq hodisaga izoh berar ekan.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegişli Airbus-321 layneri parvozga kötarilgandan 23 daqiqa ötib halokatga uçragan edi. Mazkur samolyot bortidagi 217 nafar yölovçi va yetti nafar ekipaj a'zosining barçasi halok böldi.