Buyuk Britaniya şahzodasi Çarlzning fermasida saqlab kelinayotgan 100 kilogramm oğirlikdagi sun'iy sabzi öğrilab ketilgan. Mamlakat politsiyasi mazkur jinoyat böyiça iş oçdi, deb yozadi The Telegraph.

Xabar qilinişiça, sabzi ferma xöjaligining kiriş qismiga örnatilgan bölgan.

Politsiyaning fikriga köra, öğrilar hududga Tetberi qişloğida joylaşgan qöşni ferma hududidan ötib kelişgan. Ma'lumotlarga köra, sabzi Hellouin bayrami nişonlanayotgan kuni tunda öğirlangan.

«Mazkur sun'iy şakl sabzavot mahsulotlari mavjudligini reklama qilib turiş uçun örnatilgandi», — deya gapirib ötgan mahalliy vakillardan biri.

«Voqea 31 oktabrdan 1 noyabrga ötar keçasi sodir bölgan. Öğrilar kamida ikki kişi bölişi mumkin. Ularda yuk taşuvçi maşina ham mavjud bölgan. Sizda bu borada ma'lumot bölsa, huquq-tartibot idoralariga ma'lum qilişingiz söraladi», — deyiladi politsiya axborotida.

Qayd qilinişiça, şahzoda Çarlz fermasi soğilqni saqlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va qişloq xöjaligini rivojlantirişga yönaltirilgan fermer xöjaliklaridan biri sanaladi.