Yaqin Şarq mintaqasiga “Şarl de Goll” aviataşuvçi kemasi boşçiligida aviatsiya guruhini yuboriş Fransiyaga Suriyada IŞID jangarilariga qarşi harakat qiliş samaradorligini oşirişga imkon beradi. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qildi.
“Bugun men Suriyadagi ixtilof hududiga bizga operatsiyalarni ötkazişga yordam berişi maqsadida aviatsiya guruhini yuborişga qaror qildim”, deb aytdi Olland Fransiya Mudofaa vazirligining Parijda yangi boş qarorgohi oçilişi marosimidagi nutqida.
Fransiya Suriyada IŞID jangarilariga qarşi kuraşni sentabrdan beri olib bormoqda. Bunda mamlakatning harbiy-havo kuçlaridan foydalanilmoqda. “Zarbalar maşğulot lagerlariga va terrorçilik bizning hududimizga xavf solişi mumkin bölgan joylarga berilmoqda” deb ta'kidlab ötdi Olland.
Frantsuz floti flagman kemasi hisoblanuvçi “Şarl de Goll” kemasi özida 40 ta samolyot, jumladan köp vazifali Rafale M qiruvçi samolyotlaridan iborat aviaguruhni taşiydi. Kemaning Suriya ixtilofi hududida qöllanişi Fransiyaga özining havo guruhining imkoniyatlarini ikki barobar kuçaytirişga imkon beradi. Hozirda Fransiya Iroq va Suriyada BAAdagi Az-Zafra aviabazasida joylaşgan 6 ta Rafale va Iordaniyadagi Şahzoda Hasan aerodromida joylaşgan 6 ta Mirage 2000 qiruvçi samolyotlari bilan harakat qilmoqda.
“Şarl de Goll” kemasi avval Iroqda jangarilarga qarşi harbiy operatsiyalarda jalb qilingan. Kema 2015 yilning fevralidan apreligaça Fors körfazida jangovor navbatçilikni ötagan. Ayni paytda kemaga Tulon portida texnik xizmat körsatilmoqda, uning yangi vazifaga çiqişining aniq muddatlari hozirça aytilmayapti.






