AQŞ moliya vazirligi şu hafta payşanba kuni Xitoyning 2ta va Livanning 1ta kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi. The Washington Examiner gazetasining yozişiça, bu kompaniyalar “Hizbulloh” radikal guruhi uçun uçuvçisiz harakatlanuvçi uçar uskunalar işlab çiqarib berişda ayblanmoqda.
Xitoyning yana bir kompaniyasi Yaman isyonçilariga elektron uskunalar yetkazib berişda gumon qilinmoqda.
“Biz “Hizbulloh”ni xavfli va beqarorlaştiruvçi terrorçi guruh deb hisoblaymiz, şu bois moliya vazirligi bu taşkilotning daromad manbalarini qamrab oliş yöli bilan unga nisbatan bosimni saqlab qoliş niyatida sobitdir”, - dedi boş kotibning terrorçilik va moliyaviy razvedka böyiça örinbosari Adam Şyubin.






