Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 noyabr kuni Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviy forumda iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahon banki guruhiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti Dimitris Tsitsiragosni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonlarni yurtimizga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston Jahon banki guruhi bilan hamkorlikni yuksak qadrlaşini ta'kidladi.
Özbekiston bilan Jahon banki örtasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Buning natijasida umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bölgan 28 qöşma loyiha amalga oşirildi. Bu loyihalar elektr energetikasi, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiyalaş, suv ta'minoti, işlab çiqariş, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş kabi yönalişlarni qamrab olgan. Uşbu loyihalarni moliyalaştirişda Jahon bankining uluşi 2,6 milliard dollarni taşkil etdi.
Özbekiston va Jahon banki örtasidagi şeriklik munosabatlarida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik alohida örin tutadi. Uning doirasida Jahon banki 300 million dollardan ortiq miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kredit bilan 4 loyihani amalga oşirişni qöllab-quvvatladi.
Mamlakatimizda Xalqaro moliya korporatsiyasining 135 million dollar miqdoridagi investitsiyasi iştirokida xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça 20 loyiha amalga oşirildi.
Suhbat davomida Jahon banki guruhi vakillari Özbekistonda 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qiliş, tarkibiy özgartiriş va diversifikatsiyalaş böyiça joriy yilda qabul qilingan strategik dasturlarning ahamiyatini alohida qayd etdi.
Mehmonlar Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi Özbekiston iqtisodiyotini tubdan tarkibiy özgartiriş jarayonida faol iştirok etişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. Şuningdek, asosiy sohalar böyiça qabul qilingan dasturlar va qöşma investitsiyaviy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Hozir Jahon banki 2016-2020 yillarga möljallangan şeriklik strategiyasini tayyorlaşni yakunlamoqda. Uning doirasida qiymati 4 milliard dollardan ziyod bölgan 30 dan ortiq loyihani amalga oşiriş közda tutilgan. Bu yangi loyihalar elektr energetikasi, neft-gaz sanoati, transport, soğliqni saqlaş, ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kommunal infratuzilma va boşqa sohalarni yanada rivojlantirişga qaratilgan. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan neft-kimyo, kimyo sanoati, muqobil energiya manbalari va moliya sohalarida istiqbolli loyihalar işlab çiqilmoqda.
Uçraşuvda özaro hamkorlikning ustuvor sohalari yuzasidan fikr almaşildi, şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari va istiqbolli yangi loyihalarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.






