AQŞ prezidenti Barak Obama 30 noyabr—11 dekabr kunlari Parijda ötadigan BMTning iqlim özgarişlariga bağişlangan 21-anjumanda qatnaşişini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Men öz hamkasblarim bilan Parijda böladigan uçraşuvni toqatsizlik bilan kutyapman, - dedi u. – Biz sayyorani himoya etiş kabi ulkan maqsad yuzasidan yiğilmoqdamiz”.
Fransiya prezidenti 3 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mazkur yiğilişda qatnaşişi uçun şaxsiy taklifnoma yubordi. "Men Vladimir Putinga şaxsiy taklifnoma yubordim, - degandi öşanda Olland. – Bizning bölib ötayotgan hodisalarga qaraşlarimiz turliçadir, ammo gap iqlim masalasida ketar ekan, u holda barçamiz jipslaşişimiz kerak. Bu masala butun insoniyatga taalluqli”.
Iqlim özgarişlari masalasida BMTning Parijda bölib ötadigan sammitida butun dunyodan 80 ga yaqin davlat rahbari va vakillari iştirok etişi kutilmoqda.






