Rossiya turizmi boşliği Oleg Safonovning ma'lum qilişiça, Misrga parvoz uçun yöllanmalarga pul tölab qöygan rossiyalik sayyohlar Rossiya va Misr örtasidagi aviauçuvlarning töxtatilişi munosabati bilan u yerga uça olişmaydi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Aviauçuvlarning töxtatilişi munosabati bilan endilikda rossiyalik sayyohlar Misr Arab Respublikasiga qayta uça olişmaydi”, — deb xabar berdi u.

Safonov yana şuni alohida ta'kidlab ötdiki, ayni damda Misrda 75 ming nafar rossiyalik hordiq çiqarmoqda. Ulardan 40 foizi Şarm-el-Şeyx, 60 foizi esa Xurgada kurortida dam olmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Misrga parvozlarning töxtatilişi A321 halokati bilan boğliq emasligini ma'lum qilgan edi.