Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov TAPH (Turkmaniston-Afğoniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvurining Turkmaniston hududidagi qismi qurilişini boşlaş haqidagi qarorini imzoladi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda RIA Novosti naşri xabar qilgan.
Qarorga köra, quriliş işlari bilan şuğullaniş "Turkmangaz" va "Turkmanneftgazquriliş" davlat konsernlari zimmasiga yuklatilgan. Quvur orqali yiliga 33 mlrd kubometr gaz taşilişi imkoniyatiga erişiş rejalaştirilgan.
Quriliş işlari dekabr oyida boşlanişi va 2018 yilda tugallanişi közda tutilgan.
Şu yilning martida loyiha uçun jami 7,6 mlrd dollar sarflanişi ma'lum qilingandi.
Uşbu loyihani amalga oşirişda Turkmanistonga Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy kömak beradi.
Loyihaning texnik va iqtisodiy asosini bank buyurtmasiga köra Britaniyaning Penspen kompaniyasi tayyorladi.
Ma'lumot uçun, Turkmaniston gaz zaxiralari böyiça dunyoda törtinçi örinda turadi.






