Buyuk Britaniyaning 11 ta samolyotidan ikkitasi Kiprdan Misrning Şarm-al-Şayx şahriga sayyohlarni olib çiqib ketiş uçun jönadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Şuningdek, yana uçta 180 kişilik samolyot kelişi kutilmoqda.  

Manbaning ma'lumotlariga köra, qolgan barça samolyotlar ayni paytda Buyuk Britaniyaga böş qaytgan. Hozirda katta yuklamaga uçrayotgan Şarm-al-Şayx aeroporti faqatgina çeklangan miqdordagi reyslarni eplay olişi qayd qilinmoqda.

Avvalroq Britaniya öz fuqarolarini Misrdan 10 kun içida olib çiqişni rejalaştirayotgani ma'lum qilingandi.