Hindistonda tuğilgan, biroq hozirda AQŞning Ostin şahrida istiqomat qilayotgan uçinçi sinf öquvçisi Ruben Pol özining 9 yoşida mobil qurilmalar uçun ilova dasturlar işlab çiqaruvçi kompaniya rahbari sifatida kiberxavfsizlik böyiça taşkil etilgan konferensiyada iştirok etdi, deb yozadi The Times of India.

Otasining qayd qilişiça, Ruben beş yoşligidayoq axborot texnologiyalari sohasiga qiziqişni boşlagan. Öşa paytdayoq u Scratch dasturlaş tilini yaxşi özlaştirgan. Ma'lum muddat ötib, öspirin yana bir qança dasturlar tillarini özlaştirib olgan va özining ilk mobil ilovasi matematikadan maktab vazifalarini bajariş uçun yordam beruvçi ilova-dasturni işlab çiqqan.

Hozirgi kunga kelib Ruben Pol —mobil ilovalar işlab çiqaruvçi Prudent Games kompaniyasi rahbari sanaladi. Ruben Boş direktor sanalsa, uning otasi biznes-şerigi hisoblanadi.

Konferentsiya davomida 9 yoşli Ruben öta işonçsiz parollarni va himoya qilinmagan tizimlarni qanday qilib osonlikça buzib ötiş mumkinligi haqida taqdimot ötkazgan.