Afğonistonning janubida IŞID va “Tolibon” örtasidagi janglarda 50 dan köproq jangari öldirildi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.

“Ma'lumotlarimizga köra, IŞIDning 48 a'zosi va “Tolibon” harakatining 8 a'zosi özaro jang paytida öldirilgan”, deb aytdi politsiya boşliği, polkovnik Ğulom Jiloni Farahiy.

Avvalroq Afğoniston va Pokistondagi jangarilar yetakçilari IŞIDga vafodorlikka qasamyod keltirişgani ma'lum qilingandi. Ular orasida “Özbekiston islom harakati” terrorçilik harakati yetakçisi Usmon Ğoziy, “Hizb ut-Tahrir”, “Tolibon” va “Laşkar-a-jangvi” jangarilari bor.