08:15 / 09.11.2015
7965

Andijon viloyatidagi 4ta tumanda IIB boshliqlari o‘zgardi

Andijon viloyatining 4ta tumanidagi IIBlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning rasmiy nashri hisoblanmish “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, podpolkovnik Xayrullo Mahamadsoliyevich Qodirov Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Bo‘ronovich Jabborov o‘sha viloyatning Oltinko‘l tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Abduvohid Usmonovich Ibrohimov Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Botirjon Hoshimovich Hamidov Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, podpolkovnik Mahamadali Ismoilov Toshkent viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Top