Şartnoma şartlaridagi tengsizlik

Aksariyat quriliş kompaniyalari taklif qilayotgan şartnomalarni öqisangiz, tarozi pallasi quruvçi tomoniga oğib ketganiga guvoh bölasiz. Tasavvur qiling, siz qiymati 500 million sömlik uyni xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladingiz. Şartnomadagi xaridor va quruvçi moliyaviy manfaatlarini közda tutadigan bandlarni özaro soliştiramiz. Agar xaridor şartnomani bekor qilmoqçi bölsa, ayrim quruvçilar şartnomaga «xaridor tölovni keçiktirsa yoki şartnomani bir tomonlama bekor qilsa, uyning umumiy summasidan 10–12 foiz jarima uşlab qolinadi» degan bandni kiritib qöygan. Eʼtibor bering: siz tölagan summadan emas, uyning umumiy narxidan! Yaʼni siz boşlanğiç tölov sifatida 150 mln söm tölagan bölsangiz-u, quriliş töxtab qolganidan yoki boşqa sabab bilan pulingizni qaytib olmoqçi bölsangiz, quruvçi 500 mln sömning 10–12 foizini - 50 milliondan 60 million sömgaça pulingizni şunçaki olib qoladi. Kun.uz 2025-yilning sentabr oyida «Imarat Development» kompaniyasi misolida şartnomalardagi adolatsizliklar haqida örganiş ötkazgandi. Şundan söng, Raqobat qömitasi ham bu borada fuqarolardan minglab murojaatlar bölganini maʼlum qildi va bunday şartnomalarni qonunga zid deya tavsiflagandi.

Quruvçilar esa öz şartnomalariga penyani xaridorlar tölaydigan jarimaga nisbatan ança kamroq, yaʼni kuniga 0,01 foiz yoki 0,05 foiz qilib kiritişadi. Kamdan kam hollarda bu körsatkiç 0,1 foizni taşkil etişi mumkin. Şuningdek, maksimal penya miqdori şartnoma qiymatining 5 yoki 10 foizidan oşib ketmasligi böyiça ham çeklovlar qöyiladi. Bu degani, quruvçi uyni 1 yil emas, 5 yil keçiktirsa ham, penya maʼlum bir nuqtada muzlaydi.

Umumiy qiymati 500 mln sömlik uy misolida oladigan bölsak, xaridor şartnomani bekor qilsa, undan 50 mln söm uşlab qolinadi. Agar quruvçi uyni 1 yilga keçiktirsa, unga kuniga 50 ming söm penya hisoblanadi. Bu Toşkent şaroitida bir lagan oşning puli. Uni ham undiriş uçun sudga murojaat qiliş va quruvçi tomon bilan sudlaşiş kerak.

Xususan, 2026-yil iyulda taqdim qilingan hisobotga köra, örganilgan 129 ta uluşli quriliş şartnomasining 51 foizida uy keçikkani uçun quruvçiga heç qanday javobgarlik belgilanmagan. Şuningdek, 84 foiz şartnomalarda quriliş obyektining kafolat muddati yöqligi, 80 foiz şartnomalarda esa qayta hisob-kitob qilişda quruvçilarga ustuvorlik berilgani aniqlangan. Ikki tomon huquqlari teng hisobga olingan şartnomalar esa atigi 20 foizni taşkil etgan. Şartnomalar uçun majburiy minimal talablarning yöqligi bu boradagi muammoli vaziyat saqlanib qolişiga zamin yaratyapti.