Apple kompaniyasi avtonom sunʼiy intellekt tizimlarining jiddiy xavflari haqida ogohlantirdi. Bunday dasturlar maxfiy maʼlumotlarga kirişi, foydalanuvçining ruxsatisiz harakatlarni amalga oşirişi va öz harakatlari haqidagi maʼlumotlarni yaşirişi mumkin.
Kompaniya özining yangi yillik hisobotida SI-agentlar taşqi xizmatlar bilan özaro aloqada bölganida va köp bosqiçli vazifalarni mustaqil bajarganida ularning xatti-harakatlarini nazorat qiliş tobora qiyinlaşayotganini qayd etdi.
Oddiy çat-botlardan farqli ölaroq, SI-agentlar nafaqat savollarga javob beradi, balki harakatlar ketma-ketligini ham mustaqil bajara oladi. Masalan, ular elektron poçta bilan işlaşi, fayllarni özgartirişi, dasturlarni işga tuşirişi, kodni tahrirlaşi va moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişi mumkin. Buning uçun ularga ilovalar, foydalanuvçi hisoblari va turli vositalardan foydalaniş imkoniyati beriladi.
Taʼkidlanişiça, bunday tizimlar özlariga berilgan vakolatlar doirasidan çiqişi, közda tutilmagan harakatlarni bajarişi va xavfsizlik çeklovlarini çetlab ötişi mumkin. Ayrim hollarda ular körsatmalarga amal qilmasligi, notöğri maʼlumot taqdim etişi yoki bajarilgan operatsiyalar haqidagi axborotni yaşirişi ehtimoldan xoli emas.
Apple dasturlarga kengaytirilgan vakolatlar beriş mexanizmlarini qayta körib çiqişni boşlagan. Oktabr oyida kompaniya macOS operatsion tizimidagi Full Disk Access funksiyasiga kelgusida özgartirişlar kiritişini eʼlon qildi. Uşbu funksiya ilovalarga kompyuterdagi fayllarga deyarli töliq kiriş imkonini beradi.
Işlab çiquvçilarning taʼkidlaşiça, ayrim dasturlar bunday ruxsatlardan şunday foydalanadiki, natijada foydalanuvçining yozişmalari, elektron poçtasi va brauzer tarixiga kiriş imkoniyati paydo böladi.
Apple bunday vakolatlarni taqdim etişda yanada qatʼiy tasdiqlaş tartiblarini joriy etişni rejalaştirmoqda. Foydalanuvçi dasturga maʼlumotlarga kiriş huquqini berayotgani va bunda qanday imkoniyatlar taqdim etayotganini töliq anglaşi kerak böladi.








