3-noyabr kuni bölib ötgan oraliq saylovlarda Miçigan ştatidan AQŞ Senatiga nomzod, progressiv demokrat Abdul Al-Said respublikaçi Mayk Rojersni yengib çiqdi. 42 yoşli Al-Said AQŞ tarixida Senatga saylangan ilk musulmon böldi, u yanvarda lavozimga kirişadi.

AP maʼlumotlariga köra, ovozlarning 96 foizi sanalganida Al-Said 2 million 480 mingdan köproq – 52,4 foiz, Rojers esa 2 million 154 mingdan ortiq – 45,6 foiz ovoz töplagan. Libertarlar partiyasidan Lidiya Kristensen 1 foiz ovoz olgan.

Al-Said qayta saylovda qatnaşmagan demokrat senator Geri Piters örnini egallaydi. Şu tariqa demokratlar 1979-yildan beri öz qölida bölgan örinni saqlab qoldi.

Sönggi sörovnomalar Al-Saidni biroz oldinda körsatgan bölsa-da, poyga oxirigaça keskin hisoblangan. AP xaritasiga köra, Al-Said Detroyt, Grand-Rapids, Lansing va Flint kabi yirik şaharlar joylaşgan okruglarda ustunlik qilgan. Ştatning qişloq hududlari esa asosan Rojersga ovoz bergan.

«Siz nafratni tanladingiz, Miçigan esa umidni»

Sobiq soğliqni saqlaş amaldori Abdul Al-Said ğalabasini AP va yirik telekanallar natijani eʼlon qilişidan bir soatça oldin nişonladi. U Detroytda Miçigan demokratlari uyuştirgan tadbirda sahnaga çiqdi va «Miçigan, biz buni uddaladik», dedi.

Reuers’ning yozişiça, uning nutq odatiy ğalaba nutqlariga öxşamadi: Al-Said birlik va ikki partiya hamkorligiga çaqirmadi. U öz kampaniyasini umid kampaniyasi, raqibi – sobiq kongressmen va FQB agenti Mayk Rojers kampaniyasini esa korporatsiyalar puli bilan yuritilgan reklama kampaniyasi sifatida tasvirladi.