Isroilda saylov
Haftaning eng muhim siyosiy voqeasi Isroildagi saylovlar böldi. Çunki oxirgi yillarda bu davlat sodir etayotgan işlar Yaqin Şarqdagi muvozanatning oyoğini osmondan qilib yubordi. Saylovning asosiy intrigasi Netanyahu ketiş-ketmasligida edi. Parlament saylovi yakunlariga köra hozirça ğolib aniq emas. Netanyahu blogi ham, muxolifat ham kerakli 61 ovozni ololmadi. Lekin Isroil arablari hammani ajablantirib 18-19 örin olişi kutilmoqda. Bu arab partiyalar uçun yaqqol rekord.
Saylovning rasmiy natijalari 4-noyabrgaça eʼlon qilinadi. Keyin 11-noyabrgaça qaysidir tomon koalitsiya tuzsa, hukumatni qölga oladi. Voqealar turliça rivojlanişi mumkin. Masalan, general Gadi Ayzenkot boşçilik muxolifat arab partiyalari bilan birlaşib, kerakli 61 ovozni olgan holda hukumat tuzişi va Netanyahu ketişi mumkin. Amaldagi boş vazir esa Ayzenkotning özi bilan kelişib aralaş hokimiyat tuzişi ham mumkin. Heç kim hukumat tuzolmasa, qayta saylov ötkaziladi.
Mağlub böldingmi – qoç!
Braziliyada ham saylov qizğin ötdi. Amaldagi prezident Lula da Silva yana kiçik farq bilan ğalaba qozondi. Saylovning ikkinçi turida 80 yoşli Lulaga 51 foizdan köproq, Flavio Bolsonaroga 49 foizga yaqin odam ovoz berdi. 4 yil avval ham şunga öxşaş natija qayd etilgan, faqat unda Lula hozir qamoqda bölgan katta Bolsonaroni mağlub etgandi. 80 yoşli Lula saylovda yengsa, kiçik Bolsonaroni ham qamaşini aytgandi, lekin ulgurmadi. Aftidan, otasining taqdiri boşiga tuşişidan qörqqan Flavio AQŞga qoçib ketdi.
Bu oila Tramp bilan yaqin, AQŞ uning nomzodini qöllagandi. Lulaning ğalabasini Vaşingtonda yomon qarşilaşdi, Trampning tarafdorlari «Braziliya bilan aloqalarni uziş kerakligini» aytib çiqdi, lekin tabiiyki Braziliyadagi saylovlar demokratik ötmaganiga heç qanday isbot keltira olişmadi.
Eronda yana uruş böladimi?
Eronda yana uruş bölişi haqida xabarlar hafta davomida tobora köpaydi. 3-noyabr kuni AQŞda oraliq saylovlar ötkaziladi, ertasiga javoblar çiqadi. Öşa kuni Isroildagi saylovlar ham biryoqlik böladi. Tramp va Netanyahu hukumatini saqlab qolsa, katta ehtimol Eronga qarşi navbatdagi yirik operatsiyalar boşlanadigandek. Bunga işora qiladigan voqealar juda köp.
Albatta, AQŞ Eronga quruqlikdan bostirib kirmaydi, bu katta tavakkal, okean ortiga tobutlar oqib borişi Tramp hukumati uçun jiddiy xavf. Bu gal ham yangi rahbariyat, yadroviy obyektlar, muhofizlar korpusi tizimlariga zarba berilişi mumkin. Lekin Amerika va Isroildagi saylov natijalari yangi uruşga tösqinlik qilişi ham mumkin.










