Sotuv ofisida esa kun ora janjal - 2025-yilda topşirilişi vaʼda qilingan uylari bitişidan hamon darak yöq fuqarolar pullarini talab qilmoqda. Xonadonlarning vaqtida topşirilmaganidan şundoq ham siqilib yurgan xaridorlarga kompaniya taʼsisçilari örtasida paydo bölgan nizo "dard ustiga çipqon" böldi. Sotuv ofisidagi «Imarat» sözi ham «Imtiyaz» söziga almaşib qolgan.

«Imarat Devlopment» nomi ostida uylar qurib berişni vaʼda qilgan Marat Xayrullayeviç va uning mijozlari örtasidagi vaziyat tobora jiddiylaşmoqda. Tadbirkorning qator loyihalari arzon narx va qulay tölov şartlari bilan jozibali körsatilgani bois yuzlab odamlar ularga pul tölagan. Biroq vaʼdalar bajarilmayotgani, uylar belgilangan muddatlarda topşirilmagani köplab xaridorlar noroziligiga sabab bölmoqda.

Bundan taşqari, mijozlarni işontirib, qop-qop vaʼdalar bilan savdolarni amalga oşirgan Marat Hamdamov Sergeli City’dan tortib Bristol City’gaça bölgan loyihalardan çetlaştirilgani iddao qilinmoqda. Kun.uz yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida yana bir «novostroyka» mojarosini örgandi.

Tahririyatga murojaat qilgan Şohista Rizayevaning sözlariga köra, kompaniyada özaro içki nizo yuzaga kelgan, xonadonlarni topşiriş muddatlari ham uzaytirilgan. U bundan buyon quruvçilarga işonmasligini, tölagan pullari qaytarilişini talab qilyapti.

Boşqa bir murojaatçi Dilorom Yutayeva sözlariga köra, u 2024-yil 6-yanvar kuni şaxsan Marat Hamdamovning qölidan şartnoma olgan va şu vaqtgaça 400 mln söm tölagan. Uy 2025-yil 30-oktabrgaça topşirilişi kerak bölgan, ammo amalda bunday bölmagan. Yutayeva ham tölagan puli qaytarilişini talab qilyapti.

Murojaatçi Jahongir Muhiddinovning taʼkidlaşiça, u xarid qilgan xonadonlar 2025-yil dekabrda topşirilişi kerak bölgan, tölovlarni esa töliq amalga oşirgan. Biroq uylar belgilangan muddatda bitmagani bois quriliş jarayoni haqida maʼlumot olişga uringan, ammo kompaniya vakillaridan aniq javob ololmagan. Keçikkan kunlar uçun mijozlarga kompensatsiya vaʼda qilingan bölsa-da, şartnomada belgilangan miqdor juda kam.

Dilnoza Töyçiboyevaga köra, u 2024-yil 3-fevralda uy sotib oliş böyiça şartnoma tuzib, xonadoni bitişini kutib kelgan. Biroq quriliş keçikavergaç, kompaniyaga işonçi yöqolib, şartnomani bekor qiliş va pulini qaytarib olişga qaror qiladi. Ammo kompaniya vakillarining vaʼdalariga işonib yana kutişda davom etadi. Şundan keyin kutilmagan holatga duç kelgan: kompaniya şartnomani bekor qilib, uç yildan beri pulini tölab kelgan xonadonni boşqa xaridorga sotib yuborgan.

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida özini «Imarat Devlopment» taşkilotining direktori sifatida taniştirgan Olim Mamatovga bir qator savollar bilan yuzlandi. Kompaniya vakili ayrim bloklarda quriliş va taʼmirlaş işlari davom etayotganini, loyihalar uç bosqiçda topşirilişi rejalaştirilganinini aytdi. U keçikişlar va Marat Hamdamovning loyihalardagi iştiroki bilan boğliq savollarga taʼsisçilar örtasidagi kelişmovçiliklarni sabab qilib körsatdi.