Madridning “Real” futbol jamoasi hujumçisi Karim Benzemaning advokati Silven Korme “Lion” jamoasi yarimhimoyaçisi Mate Valbuenani şantaj qiliş atrofida vujudga kelgan vaziyat borasida öz fikrlarini aytib ötdi. Benzemaga uşbu iş böyiça ayblov qöyilgan.
“Karimda boşqa istalgan odam kabi huquq bor – ayblovçilar avval jabrdiydani söroq qilişlari kerak. Va şundan keyingina ayblov qöyişlari lozim edi.
Biroq bu vaziyatda aksinça bölgan. Ular avval Karimga ayblov qöyişgan va endi ular Valbuena ularning versiyasini qöllab-quvvatlaşiga umid qilib ötirişibdi.
Men yaqinda şuni aniqladimki, tergovçilar 5 oktabrda Benzema va Valbuena örtasidagi suhbat asosida xulosa çiqarişgan.
Ba'zi joylar mening mijozim foydasiga talqin qilinmagan. Tergovçilar mendan Benzema va Valbuena örtasidagi suhbatning oxirini eşittirmay, yaşirişdi. Karim bu suhbat oxirida Valbuenaga pul tölamaslikni tavsiya qilgan.
“Benzema Valbuenaga “Mojaro haqida xavotirlanma, şunçaki oilangga bu haqda ayt va tovlamaçilarga buni çop etişga yöl qöyib ber” deb aytgan, deb ma'lum qildi Korme.
Avvalroq Benzema Valbuenaga tovlamaçilarga pul tölaşi kerakligin aytgani ta'kidlangan edi.
Ma'lumot uçun, Benzema Fransiya terma jamoasi böyiça öz jamoadoşi Valbuenani şantaj qiliş işi böyiça 4 noyabrda hisbga olingan. Politsiya ma'lumotlariga köra, Valbuenadan uning iştirokidagi jinsiy xarakterdagi video uçun pul talab qilingan.






