Finlyandiyaning Xyuvinkya şahrida (Xelsinki yaqinida) sobiq çöçqaçilik ilmiy-tadqiqot markazining binosida musulmon qoçqinlarni joylaştiriş markazi taşkil etildi. Bu haqda Iltalehti naşri yozmoqda.
Aytilişiça, ayni paytda u yerga 100 kişi joylaştirilgan. Markaz 300 kişiga möljallangan.
Markazning oçilişi arafasida finlyandiyaliklar binoning ötmişi musulmonlarning e'tiroziga sabab bölişidan çöçişgan edi. Ammo yangi muassasa ijroçi direktori Milya Saksi bunday muammo kelib çiqmaganini ta'kidlab ötdi.
“Ilmiy-tadqiqot markazi 2 yil muqaddam faoliyatiga yakun yasagan, şundan buyon bu yerda çöçqalar saqlanmagan, - dedi u. – Biz qoçqinlarga bu haqda gapiriş kerak-kerakmasligini ham bilmaymiz. Boşqa tomondan olganda, bizning yaşiradigan heç narsamiz yöq”.






