Amerikaning Google korporatsiyasining Google Life Sciences şö'ba kompaniyasi insonlardagi yurak qon-tomir xastaliklariga qarşi kuraşning yangi va innovatsion usullarini örganiş böyiça ilmiy-tadqiqot loyihasida iştirok etadi. Bu haqda 8 noyabr kuni Orlando şahri (Florida ştati)da bölib ötgan Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AKA) konferensiyasida ma'lum qilindi.

Xabarlarga köra, loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarni taşkil etadi. Bunda Google taşkilotga 25 million dollar sarmoya kiritsa, qolgan yarim mablağ bilan AKA moliyalaştiriladi.
Google Life Sciences rahbari Endi Konradning konferensiyada ma'lum qilişiça, sayyoramizda yurak xastaliklaridan boşqa sabablarga qaraganda köproq insonlar vafot etmoqda.

“Uşbu muammo uni innovatsiyalar yordamida hal etişga kirişişni taqozo qilmoqda”, - qayd etdi Konrad. Uning qöşimça qilişiça, hozirga qadar yurak kasalliklariga qarşi kuraş usullarini örganiş sohasida ösiş juda sekin keçayotgan edi.
Konrad sözlariga köra, loyiha erta bosqiçda bölgani sababli aniq tafsilotlarni aytişga hali vaqt bor. 2016 yil avvalida Google va AKA hamkorlikdagi muassasa rahbari kim bölişini ma'lum qilişadi.

Google Life Sciences kompaniyasiga 2015 yilning avgustida korporatsiyaning biotibbiyot bölinmasi bazasida asos solingan. Kompaniya turli kasalliklardan aziyat çekayotgan insonlarning muammolarini hal etişga yönaltirilgan tibbiy-texnik tadqiqotlar va işlanmalar ustida izlanişlar olib boradi. Jumladan, u qandli diabetga çalingan insonlar uçun ular köz yoşlaridagi glyukoza darajasini muntazam ravişda ölçaş uçun maxsus datçik bilan ta'minlangan maxsus kontakt linzalarini işlab çiqişga mas'ul hisoblanadi.