Hurmatli öquvçilar! Yurtimizda xafta davomida (2-8 noyabr) sodir bölgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Özbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritiş böyiça dunyo mamlakatlari öntaligiga kirdi>>

Özbekiston 189 mamlakat örtasida 87-öringa kötarilib, tadbirkorlik faoliyatini boşqariş böyiça yetakçi davlatlar önligiga kirdi. Sönggi yillarda mamlakatimiz tadbirkorlik muhitida 10 indikatorning 3tasi böyiça ijobiy özgarişlar qayd etildi. 

Özbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari tarğiboti uçun javobgarlik joriy qilinadi>>

Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida XDP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari körib çiqildi.

“Özbekenergo” AJ Call-markaz xizmatini işga tuşirdi>>

“Özbekenergo” AJ 2015 yil 2 noyabrdan Özbekiston energiya tizimining Call-markaz xizmati işga tuşirilganini e'lon qildi. 

Namanganda “Özbekiston islom harakati” tarğibotçilari ustidan sud yakunlandi>>

Namangan viloyat sudi “Özbekiston islom harakati” ekstremistik guruhining 4 nafar a'zosining işini körib çiqişni yakunladi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi xabar bermoqda.

Italiya Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vazirligi boş kotibi Toşkentga keldi>>

2 noyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga taşrif buyurgan Italiya Respublikasining Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vazirligi boş kotibi Mikele Valensizeni qabul qildi.

Özbekiston dunyoning ravnaq topayotgan davlatlari reytingida 57-örinni saqlab qoldi>>

Özbekiston Legatum Institute tomonidan tuzib boriladigan dunyoning farovon davlatlari reytingida 57-örinni saqlab qoldi.

“Özbekkömir” AJ: Kömir ta'minotida muammo bölmaydi>>

Özbekiston prezidentining joriy yilning 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlarini 2015-2016 yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşga tayyorlaşni ta'minlaş kompleks çora-tadbirlari töğrisidagi qarori ijrosi doirasida Farğona viloyatida ham kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik körilmoqda.

2015 yilning uç çoragida 45ta yangi yölovçi taşiş yönalişi oçildi>>

Avtomobil va daryo transporti agentligining ma'lum qilişiça, ularning deyarli barçasi oçiq tender savdolari orqali joylaştirildi.

Özbekistonda 2016 yil uçun iş vaqti hisoblab çiqildi>>

Özbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi iş jarayonida foydalaniş uçun yillik iş vaqti fondi hisobi böyiça tavsiyalar işlab çiqdi.

Navoiyliklar 2015-2016 yil kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz bölmasligidan ogohlantirildi>>

Feysbukdagi “Jamoatçilik nazorati” guruhiga foydalanuvçilardan biri Navoiyda fuqarolarga kelgan bildirişnoma suratini joylaştirdi. 

Özbekiston vakillari Dohadagi yengil atletika böyiça jahon çempionatida 4ta medalni qölga kiritişdi>>

Musobaqaning sönggi kuni özbekistonlik paralimpiya sportçilari yengil atletika böyiça jahon çempionatida 4x100m estafeta bahslarida 43.71 natija bilan kumuş medalni qölga kiritişdi.

Islom Karimov Misrdagi aviahalokat yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi>>

Özbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Misrda Rossiya samolyotining halokatga uçraşi yuzasidan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilingan.

Abdulaziz Komilov Misrdagi aviahalokat munosabati bilan Rossiya elçixonasiga taşrif uyuştirdi>>

Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 noyabr kuni Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis: 2016 yilda Özbekiston iqtisodiyoti 7,8 foizga ösadi>>

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmatining xabar berişiça, asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar 2016 yilda Özbekistonda YaIM – 7,8 foiz, sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş – 8,2 foiz, qişloq xöjaligi mahsulotlari – 6,1 foiz, kapital qöyilmalari hajmi 9,6 foizga ösişini közda tutmoqda.

Ekspert: Toşkent ekstremistlardan qörqmaydi>>

Toşkent Afğoniston va Özbekiston çegarasida ekstremistlar tomonidan uyuştirilişi mumkin bölgan hujumlardan qörqmaydi. Bu haqda siyosatşunos Valeriy Xan aytib ötdi.

Özbekistonda byudjyetning ijtimoiy xarajatlar uluşi 59,2 foizga ortadi>>

Özbekistonda ijtimoiy xarajalar uçun ajratiladigan xarajatlarning soliştirma hajmi 2015 yildagi 58,7 foizdan 2016 yilda 59,2 foizga qadar ortadi. 
Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar böyiça qömitasining 2015 yil 29 oktabrda bölib ötgan majlisida ma'lum qilingan.

Özbekistonda uyuşmalar soni 4tagaça qisqardi>>

Yaqinda “Özpaxtasanoat” uyuşmasi “Özpaxtaeksport” yagona paxta xoldingi tarkibiga kirganidan söng Özbekistonda uyuşmalar soni 4tani taşkil qildi, deb yozadi Nuz.uz.

“Özavtosanoat” AK avtomobilsozlikni mahalliylaştiriş bozori salohiyatini 2.3 trln sömga baholadi>>

“Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ekspertlari yengil avtomobillar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş bozori salohiyatini 2.3 trln sömga baholadilar. Bu haqda kompaniya boşqaruvi raisi örinbosari Rustam Yusupov IX Xalqaro xalq sanoati yarmarkasi va kooperatsion birjasi çoğida aytib ötdi.

Özbekistonda bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarşi emlaş boşlandi>>

2 noyabrdan boşlab Soğliqni saqlaş vazirligining davolaş-profilaktika muassasalari emlaş punktlarida bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarşi emlaş boşlandi.

Özbekistonliklar "Özbekistonning yetti mö'jizasi"ni aniqlaşadi>>

"Özbekistonning yetti mö'jizasi"ni aniqlaş uçun taşkil qilingan aksiyaning final bosqiçi boşlandi. Uşbu aksiya orqali Özbekistonning eng maşhur tarixiy va sayyohlik obektlariga ovoz berlib, 7ta ğolib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.

Toşkentda Örta Osiyodagi eng katta kitob dökoni oçildi>>

2 noyabr kuni Toşkentda, Mustaqillik köçasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob dökoni oçildi. Şahar markazida, metro bekati yaqinida joylaşgan bu dökon Örta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.

Toşkentda fitotekalar tarmoği iş boşlaydi>>

Ösimliklar asosida fitoterapiya va gomeopatiya (katta dozasi kişini kasal qiladigan dorilardan oz-oz berib davolaş usuli) sohasiga ixtisoslaşgan Germaniyaning Bionorica AG farmatsevtik firmasi Özbekistonda maxsus fitotekalar tarmoğini işga tuşiradi.

Özbekistonlik suzuvçi Ra'noxon Amanova “Rio-2016” öyinlariga yöllanma oldi>>

2016 yili Rio-de-Janeyro şahrida (Braziliya) ötkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada öyinlariga yöllanma olgan özbekistonlik sportçilar safi yana bittaga kengaydi.

“Yil imomi-2015” körik tanlovi ğoliblari taqdirlandi>>

Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillaştiriş, bugungi globallaşuv davrida Vatan ravnaqi yölida xizmatlari hamda xalqimizni buzğunçi toifalarning ta'siridan himoyalanişida tarğibot işlarisamaradorligini oşiriş maqsadida, har yili Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Yil imomi” körik tanlovi ötkaziladi. 

Navoiy toğ-metallurgiya kombinati 3 mVt li fotoelektrik stansiyalar quradi>>

2015-2019 yillarda Navoiy toğ-metallurgiya kombinati tizimida umumiy quvvati 3 mVt ga teng fotoelektrik stansiyalar qurilişi möljallanmoqda. Bu haqda “Navoiy toğ-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi departament direktori Şavkat Madaminov bayonot berdi.

2016 yilda Özbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yiğilişi ötkaziladi>>

Rasmiy Toşkent va rasmiy Rim örtasida 2016 yilning boşida Özbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yiğilişi ötkaziladi va özaro savdo, iqtisodiy va işlab çiqariş sohalaridagi masalalar körib çiqiladi.

Özbekiston TIV vakili Buxarestdagi yonğin munosabati bilan Ruminiya elçixonasiga taşrif uyuştirdi>>

2015 yilning 3 noyabr kuni Özbekiston TIV vakili Ruminiyaning Toşkent şahridagi elçixonasiga taşrif uyuştirdi.

Andijonda bir qator tuman IIB boşliqlari özgardi>>

Andijon viloyatining bir qança tumanlaridagi IIBlarda boşliqlar özgardi. Bu haqda “Postda” naşri xabar bermoqda.

Rossiya kompaniyasi Özbekistonga gazni bir joydan ikkinçi joyga haydab beruvçi qurilma yetkazib beradi>>

Rossiyaning “Kazanskoye motorostroitelnoye proizvodstvennoye ob'yedineniye” AJ (KMPO) (“Qozon motorsozlik işlab çiqariş uyuşmasi”) Özbekistondagi gaz koniga gazni bir joydan ikkinçi joyga haydab beruvçi qurilma yetkazib beriş böyiça bitim tuzdi, deb aytilmoqda KMPO bergan xabarda.

Tbilisida Özbekiston-Gruziya Taşqi işlar vazirliklari delegatsiyalari uçraşdi>>

3-4 noyabr kunlari Tbilisi şahrida Taşqi işlar vazirliklari delegatsiyalari iştirokida Özbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundi bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma'lum qiladi.

Özbekiston TIVda Savdo va sanoat böyiça Özbekiston-Britaniya kengaşi hamraisi qabul qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Barbara Logan Heyni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bloomberg TV orqali Özbekistonning investitsion salohiyati namoyiş etilmoqda>>

1 noyabrdan boşlab Özbekistonning investitsion salohiyatiga bağişlangan rolik Bloomberg TV orqali translyatsiya qilinmoqda. U kuniga 3 marta efirga çiqadi.

Özbekistonda suv ta'minoti tizimi boşqaruvi yaxşilanadi>>

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi hamda Özbekiston viloyatlari hokimiyatlari qoşida suv ta'minoti va kanalizatsiya taşkilotlari negizida 1 yanvarga qadar “Suvoqova” yagona davlat unitar korxonalari hamda ularning şaharlar va tumanlardagi filiallari yaratiladi.

Özbek astronom olimi Fransiya mukofoti bilan taqdirlandi>>

Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Şuhrat Egamberdiyev Lazur qirğoği observatoriyasi (Fransiya, Nitstsa) tomonidan ta'sis etilgan La médaille de l’ADIONS medali bilan taqdirlandi. 

Italiya taşqi işlar vaziri: Özbekistonning insoniy va intellektual salohiyati qiziqiş uyğotadi>>

Özbekistonga Italiya TIV delegatsiyasi Toşkentga taşrif buyurdi. Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri Mikele Valensize boşçiligidagi delegatsiya Özbekiston-Italiya TIV muzokaralarining navbatdagi raundida iştirok etdi.

Özbekistonda qiş mavsumi uçun 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hozirlab qöyiladi>>

Joriy yilning 9 oyi mobaynida Özbekistonda qişloq xöjaligi mahsulotlari qiş mavsumiga ğamlaş körsatkiçlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 6.6 foizga ösdi. Bu haqda qişloq va suv xöjaligi vazirligi xabar qildi.

Farğonada ilk marta yurak operatsiyasi ötkazildi>>

Farğonada ilk marta yurak operatsiyasi ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

“UzGazOil” şoxobçalaridagi “tijoriy” avtobenzinning qimmatligiga oydinlik kiritildi>>

Bugungi kunda yurtimizdagi “UzGazOil” avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida belgilangan narxdan qimmatroqqa “tijoriy” benzin sotiş holatlari uçramoqda. 1 litr AI-80 rusumli avtobenzin narxi 2030 söm qilib belgilangan bölsa, şoxobçada 3000 sömdan sotilmoqda.

“Özbekenergo” Yakkaboğdagi elektr ta'minoti uzilişlarini tuşuntirib berdi>>

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Z. Nazarov OAVga yöllagan maktubida tumanda har yili oktabr oyi yarmidan elektr energiyasi berilişida uzilişlar paydo bölişini aytib, buning sabablarini suriştirdi.

Toşkentda benzin taqçilligi kuzatilmoqda, bunga obektiv sabab bormi? (Foto+video)>>

Toşkent şahridagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida yana navbatlar vujudga kelmoqda. Şu sababdan erta tongdan AYoQŞ joylaşgan köçalarda tirbandliklar kuzatilmoqda.

«Kitob olami» dökoni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)>>

Xabaringiz bölsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uçun yangi maskan işga tuşirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa işqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan taniştiriş maqsadida fotoreportaj uyuştirdi. Qöşimça ravişda, "Kitob olami" dökoniga oid 10ta qiziqarli ma'lumotni taqdim etmoqda.  

«GM Uzbekistan» işlab çiqariş quvvatini 20 foizga oşiradi>>

«GM Uzbekistan» AJ 1 yilda işlab çiqariladigan maşinalari hajmini 250 ming donadan 300 ming donagaça oşirişni rejalaştirmoqda. Bu esa 20 foizlik ösiş demakdir. Bu haqdagi ma'lumot 27 oktabrdan 2 noyabrgaça bölgan kunlarda "Özekspomarkaz" milliy körgazmalar majmuida ötkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi körgazma-konferensiyasi vaqtida aytildi.

Özbekiston TIVda Yaponiya elçisi qabul qilindi>>

2015 yilning 25 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elçisi Fumixiko Kato bilan uçraşuv bölib ötdi.

Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Özbekiston elçisini qabul qildi>>

3 noyabr kuni Özbekiston favqulodda va muxtor elçisi Furqat Sidiqov Pokiston rahbarining Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” rasmiy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Elektron hisoblagiçlarga ega bölmagan xöjalik sub'yektlariga gaz va energiya yetkazib berilmaydi>>

2018 yilning 1 yanvaridan boşlab zamonaviy elektron hisoblaş uskunalari bilan jihozlanmagan yuridik şaxslarga tabiiy gaz va elektr quvvati yetkazib berilmaydi. Bu Özbekiston hukumatining 2 noyabrdagi qarorida közda tutilgan.

Özbekistonda ilk bor “Yoşlar haftaligi” bölib ötadi>>

2015 yilning 16-22 noyabr kunlari Toşkent şahrida “Ertangi kun bizniki, marra bizni” şiori ostida “Yoşlar haftaligi” bölib ötadi. Bu haqda “Yoşlar ijod saroyi”da bölib ötgan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

Toşkent şahrida yonğin sodir böliş ehtimoli bölgan 3371ta korxona, bino va inşootlar faoliyati töxtatildi>>

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda Davlat yonğin nazorati xodimlari tomonidan ehtimoliy yonğinlarni bartaraf etiş maqsadida 4980ta korxona, taşkilot va xöjaliklar tekşiruvdan ötkazildi.

Mobil muxbir: Namangan şahrida "Damas"lar harakati tartibga solinadimi?>>

Namangan şahrida hozirgi kunda mingdan oşiq "Damas" avtomobili haydovçilari yölovçi taşiş bilan şuğulanib kelayapti. Ammo ayrim haydovçilar tegişli hujjatlarsiz faoliyat körsatmoqda, tajribasiz yoş haydovçilar sababli köngilsiz voqealar, yöl-transport hodisalari sodir bölmoqda. 

OAV: Namangan xonadonlariga issiqlik yetib boradimi?>>

Namangan şahridagi xonadonlarni qiş mavsumida isitiş masalasi deyarli har yil ötkir bahslarga sabab böladi. Agar hovlilarda har bir kişi öz kunini özi körsa, köp xonadonli uylarda istiqomat qiluvçi aholi “Issiqlik manbai” korxonasidan umid qilişga majbur.

Botir Kudratxodjayev Surxondaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi>>

Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2015 yil 31 oktabridagi buyruği bilan Botir Baxromoviç Kudratxodjayev Surxondaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.

Navoiyda yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda>>

Navoiy şahrida AKFA kompaniyasi tomonidan yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda. Bu haqda kompaniyaning import departamenti menejyeri Kamron Ğulomov bayonot berdi.

Özbekiston va Germaniya işbilarmonlari yangi loyihalar borasida kelişuvga erişdi>>

4 noyabr kuni Toşkentdagi Xalqaro biznes markazida Özbekiston-Germaniya va Germaniya-Özbekiston işçi kengaşlarining yiğilişlari bölib ötdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, ikki davlat kompaniya va konsernlari vakillari iştirok etdi.

Özbekiston va Qozoğiston örtasida özaro yuk tranziti şartlari yaxşilandi>>

"Kazaxstan temir joly" rahbari Askar Mamin MDHga a'zo mamlakatlar Temir yöl transporti kengaşining 63-majlisida iştirok etiş uçun Özbekistonga taşrif buyurdi.

Özbekiston TIVda Filippin elçisi bilan özaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Eduardo Martin R.Menez (qarorgohi Tehron şahrida) bilan uçraşuv bölib ötdi.

Özbekiston Germaniyaga töqimaçilik mahsulotlari va meva yetkizib beradi>>

Özbekiston korxonalari Germaniyaga töqimaçilik va kimyo sanoati mahsulotlari va meva eksport qilmoqçi, deb xabar berdi “Jahon” AA. 

Jahon banki tomonidan Xorazmda qiymati 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oşiriladi>>

Jahon banki tomonidan Xorazm viloyati böyiça deyarli 2 mlrd dollar qiymatida 15ta yönaliş böyiça loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda telegraf.uz naşri xabar tarqatgan.

Özbekistonlik kanoeçilar Rio-2016 olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritişdi>>

Indoneziyaning Jakarta şahrida baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça Osiyo çempionati bahslari ötkazilmoqda.

Özbekiston TIVda Energetika Xartiyasi boş kotibi bilan uçraşuv bölib ötdi>>

2015 yilning 5 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Energetika Xartiyasi boş kotibi Urban Rusnak bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston elçisi Buyuk Britaniya qiroliçasiga işonç yorliqlarini topşirdi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Alişer Kurmanov Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Qiroliçasi Yelizaveta II ga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Koreya investorlari özbek kompaniyalarining 220 mln dollarlik davlat aktivlarini sotib oladi>>

Özbekiston prezidenti Islom Karimov 5 noyabr kuni Koreya Respublikasining savdo-sanoat va tabiiy zaxiralar vazirining birinçi örinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Toşkentda MDH temir yöl transporti kengaşi bölib ötdi>>

Toşkentda MDHga a'zo davlatlar temir yöl transporti kengaşining 63-yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

Özbekiston çegaraçilari Qirğiziston fuqarosining öğirlab ketilgan mollarini qaytarişdi>>

Özbekiston çegaraçilari Qizğiziston hududidan Özbekistonga öğrinça olib ötilgan yirik şoxli çorva mollarini qirğiz tomoniga qaytardi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Davlat çegara xizmati ma'lumotiga asoslangan holda 24.kg xabar qildi.

Özbekiston bojxonaçilari xizmat itlariga çip örnatmoqda>>

Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining Milliy kinologik markazi jonivorlarni identifikatsiya qiliş böyiça xalqaro tajribani inobatga olgan holda bojxona organlarida xizmatida bölgan itlarga çiplar örnatişni boşladi.

Uzsalaman Özbekiston içki işlar xodimlariga 40 ming juft qişki oyoq kiyim yetkazib beradi>>

Uzsalaman qöşma korxonasi Toşkentdagi “Özekspomarkaz”da öz işini yakunlagan IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi doirasida maxsus oyoq kiyim tayyorlab, yetkazib beriş böyiça bir qator manfaatli şartnomalar tuzişga erişdi.

Özbekistonlik artistlar Parijda konsert uyuştirişdi>>

31 oktabr kuni Parijda “Iste'dodlar salyuti” loyihasi doirasida XXIV Xalqaro bolalar va ösmirlar ijodi festival-körgazmasi bölib ötdi. “Parij, men seni sevaman!” şiori ostida ötgan tadbirda Rossiya, Belgiya, Latviya, Armaniston, Belarus va Özbekistondan taşrif buyurgan 150 yoş iste'dod sohibi qatnaşdi.

Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçilari yiğilib, ilk maşğulotni ötkazişdi>>

Özbekiston milliy terma jamoasi 5 noyabr kuni özining KXDR hamda Yamanga qarşi öyinlari oldidan yiğinga kirdi va ilk maşğulotini ötkazdi.

Islom Karimov Oqsaroyda Jahon banki guruhi vakillarini qabul qildi>>

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 noyabr kuni Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviy forumda iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahon banki guruhiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti Dimitris Tsitsiragosni qabul qildi.

Rustam Azimov: Özbekiston YaIMning örtaça yillik ösişini 8 foiz darajasida saqlab qoladi>>