8 noyabr kuni La Liganing 11-turida navbatdagi uçraşuvlar ötkazildi. "Ramon Sançes Pisxuan" stadioniga safar qilgan "Real" "Sevilya"dan 2:3 hisobida mağlub böldi va bu madridliklarning joriy mavsumdagi ilk mağlubiyatiga aylandi.

Öyindagi ilk va oxirgi gollar "Real" futbolçilari hisobiga yozildi.

Dastlab, 22-daqiqada Serxio Ramos akrobatik uslubda yöllagan zarbasi orqali hisobni oçdi. "Sevilya"ning sobiq futbolçisi bu golini nişonlay olmadi, u bu vaziyatda yerga noqulay qulab, yelkasidan jarohat oldi va öyinni muddatidan avvalroq yakunladi.

"Sevilya" birinçi bölimning özida hisobni tenglaştirdi, Çiro Immobile ötkir burçakdan Kasilya darvozasini işğol qildi - 1:1.

Ikkinçi bölimni maydon egalari faol boşlaşdi. Ayniqsa, Yevgeniy Konoplyanka özining faol harakatlari evaziga mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Öyinning 61-daqiqasida aynan uning faolligi evaziga "Real" darvozasi işğol qilindi. Ukrainalik futbolçi jamoadoşi bilan "devor" öynab jarima maydonçasiga kirdi va Banegaga uzatma berdi. Ever uç himoyaçi orasida böş qolgan darvozani işğol qildi.

"Real" safida Xames Rodrigesning maydonga tuşişi "qaymoqranglilar"ning öyinini biroz kuçaytirdi. Ammo Benites jamoasi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Jumladan, 73-daqiqada burçak töpidan Kazemiro boş bilan yöllagan zarbani Serxio Riko şundoqqina darvoza çiziği ustida uşlab qolişga muvaffaq böldi. Oradan 1 daqiqa ötib esa zaxiradan maydonga tuşgan Fernando Lorente qanotdan yetkazilgan uzatmani boş bilan darvozaga joyladi va hisobni 3:1 kşriniişiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda "Sevilya" töp nazoratini töliq öz tomoniga oldi va "Real"ni töpsiz harakat qilişga majburladi. Faqatgina ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar tugaşiga 30 soniya qolganida Xames Rodriges jarima maydonçasi taşqarisidan çiroyli zarba bilan hisobni bittaga qisqartirdi.

"Real" mavsumda ilk marta mağlubiyatga uçradi, ammo bu mağlubiyat ularni jadvalda 2-öringa tuşirib qöydi.

La liga, 11-tur
Sevilya – Real Madrid 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 22 Ramos, 1:1 – 36 Immobile, 2:1 – 61 Banega, 3:1 – 74 Lorente, 3:2 – 90 Xames.
Sevilya – Riko, Andreolli (Kolodzeyçak, 84), Mariano, Tremulinas, Rami, Konoplyanka, Kryxovyak, Banega (Kron-Deli, 78), Nzonzi, Vitolo, Immobile (Lorente, 70).
Real Madrid – Kasilya, Ramos (Varan, 32), Danilo, Naço, Pepe, Modriç, Kroos (Xese, 78), Isko (Xames, 63), Kazemiro, Beyl, Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Naço (5), Immobile (37).