Yevropa Ittifoqi boşqaruv organlari Afrikaga moddiy yordam körsatuvçi reja amalga oşirişga tayyor ekanligini ma'lum qilişmoqda. Buning uçun Yevropada fuqarolari muhojir sifatida kelgan Afrika qit'asidagi ayrim davlatlar ön minglab öz fuqarolarini qabul qilişlari lozim böladi. Bu haqda Bryusseldagi öz manbasiga asoslanib, Sunday Telegraph gazetasi xabar qilmoqda.

London muhojirlar borasida rasmiy Bryussel olib borayotgan loyihalarga aralaşmasligini bildirmoqda. Buning örniga Buyuk Britaniya 2020 yilga qadar 20 ming nafarga yaqin suriyalik qoçqinni mamlakat hududiga qabul qilişini ta'kidlab ötgan.

Ma'lum bölişiça, Efiopiya, Sudan, Uganda va Keniya singari Afrika davlatlariga 2 milliard AQŞ dollari hisobida moddiy yordam körsatilinadi. Yaqin kunlarda şu maqsadga yönaltirilgan fond taşkil etiş ham nazarda tutilgan.