Buyuk Britaniya milliy xavfsizlikning yangi strategiyasi doirasida Rossiyani özi uçun “oliy darajadagi xavf” deb topmoqçi. Bu yangi strategiyani mamlakat boş vaziri 23 noyabrda taqdim qilişi rejalaştirilgan, deb xabar bermoqda Times naşri.

Bunday darajadagi xavflar orasida, şuningdek, Yevropaga kelayotgan muhojirlar bilan boğliq barqarorsizlik, terrorçilik, IŞID kabi terrorçilik guruhlari faoliyati va Ebola bezgagi tarqalişi kabilar keltirib ötilgan.

Naşr ma'lumotlariga köra, bunday xavflarning tahlili Britaniya hukumati tomonidan har 5 yilda ötkaziladi. 2010 yilda Rossiya mamlakatga xavf solayotgan tahdidlar orasiga kiritilmagan edi. Naşr öz manbasiga iqtibos keltirgan holda Buyuk Britaniya hukumati bunday xulosaga oxirgi 5 yil içida Rossiya tajovuzining ortişi sabab kelgan. Xususan, gap Rossiyaning Ukraina va Suriyadagi ixtiloflardagi iştiroki haqida ketmoqda.

Ğarb Rossiyani bir neça bor Ukrainadagi ixtilofga aralaşiş va “Qrimni bosib olişda” ayblagan. Rossiya bu ayblovlarni inkor qilib kelmoqda va Qrim Rossiya tarkibiga öz istagi bilan kirganini ta'kidlamoqda.

AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter 6 noyabrda Rossiya va Xitoyni dunyo tartibiga xavf solayotgan davlatlar deb atagan. U Rossiyani Yevropada ixtiloflarni avj oldirişda, xususan Ukraina va Gruziya suverenitetini buzişda, Boltiqböyi davlatlarini körqitişda aybladi va AQŞ öz ittifoqçilari bilan Rossiyani uşlab turiş variantlarini muhokama qilayotganini ta'kidlab ötdi.