AQŞ harbiy dengiz kuçlari vaziri Rey Mabus 7 noyabr kuni Tojikistonda böldi, deb xabar qildi mahalliy matbuot.
AQŞ harbiy dengiz kuçlari va dengiz piyodalari korpusiga boşçilik qiluvçi Mabus qisqa muddatli taşrifi çoğida elçixonaning doimiy xodimlari bilan uçraşib, AQŞning Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta'minlaş işiga sadoqatini yana bir bora izhor qildi.

Mabus AQŞning Duşanbedagi elçixonasini qöriqlab turgan dengiz piyoda qismlari harbiy xizmatçilari bilan uçraşib, ularning balida iştirok etgan. Uşbu tadbir har yili AQŞ dengiz piyodalari korpusining taşkil topiş sanasi munosabati bilan ötkaziladi.