Yangi Zelandiyaning Oklend şahridagi The Cat Lounge kafesi mavsus xitiga aylandi, deb xabar beradi Stuff.co.nz. Mamlakatda oçilgan bu turdagi birinçi muassasa asosçilari Mayk Jons va Viki Çepmenlar erişilgan muvaffaqiyatdan özlari ham taajjubda ekanliklarini tan oldilar.

Kafe 7 noyabr kuni oçildi. Ikki kun içida unga 500 mijoz taşrif buyurdi.
“Aqldan oziş mumkin. Bu bizning anşlag”, - dedi Jons.
Muassasada jami 18 örin mavjud.

The Cat Lounge’da 15 muşuk yaşaydi; ular kafe içiga kirib, mijozlar bilan öynaydi. Binoda tirnoq çarxlaş uskunalari, öyin majmualari, divanlar, kaminlar va sayr zonasi bor. Tematik kafe muşuklari uçun insonlardan dam oladigan hudud ham inobatga olingan.
Bundan taşqari, kiçik ekranlar orqali muşuklarga daxldor filmlar va videolavhalar namoyiş etiladi.