2015 yilning 26 oktabridan 5 noyabrigaça «Özekspomarkaz» Milliy körgazma markazida ötkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi doirasida korxona vakillari va hamkorlar örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar natijasida 2016 yilda Özbekiston energetika tizimi ehtiyojlari uçun yurtimizda işlab çiqarilayotgan uskunalar, butlovçi materiallar hamda korxonalar tomonidan import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqariş yönalişida tayyorlangan xomaşyo va materiallar hamda moddiy–texnik resurslarni yetkazib beriş böyiça 523,5 mlrd sömdan ziyod 1030 ta şartnoma imzolandi.
“Özbekenergo” aksiyadorlik kompaniyasi mahsulotlarini sohaning quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari: “Elektrqişloqquriliş”, “Elektrtarmoqquriliş”, “Özbekkömir”, “Savdoenergo” hamda “Elektroizolit”, “Nanoteç industries”, “Egl-nur”, “Elektron hisoblagiç”, “Quyoş issiqlik energiyasi”, “Elektr quvvat qurilmalari” va “Armatura-izolyator zavodi” MÇJ QK öz stendlari orqali namoyiş etdilar. Bu yerda zamonaviy elektr texnikasi jihozlari – issiqlik izolyatsiya materiallari, izolyator va barça turdagi liniyani boğlovçi armaturalar, ölçov transformatorlari, elektron elektr hisoblagiçlar, içki va taşqi yoritiş uçun energiya samaradorligi yuqori bölgan svetodiodli yoritiş uskunalari (lampalar), quyoş suv isitgiçlari va boşqalar namoyiş qilindi.
Şuningdek, yarmarkada “Özbekenergo” AJ tarkibiga kiruvçi korxonalar elektr energetikasi sohasida quriliş-montaj, işga tuşiriş–sozlaş işlari, energetik uskunalarni ta'mirlaş va ularga xizmat körsatiş, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş kabi bir qator xizmatlarni taklif etdi.






