AQŞ Hisob palatasi sobiq rahbari Devid Uoker AQŞning davlat qarzi e'lon qilingandek 18,5 trln dollar emas, balki aslida taxminan 65 trln dollarni taşkil qiladi, deb aytdi. Bu haqda The Hill naşri xabar bermoqda.
Uoker AQŞning barça ta'minlanmagan majburiyatlarining summasini hisoblab şunday fikrga keldi.
“Agar siz bu 18,5 trlnga ta'minlanmagan fuqarolik va harbiy pensiya hamda iste'fodagi harbiylarni parvariş qiliş böyiça majburiyatlar, ijtimoiy ta'minot va davlat tibbiyot suğurtasi sohalaridagi qöşimça moliyalaştirilmaganlik, turli majburiyatlar va federal hukumatning közda tutilmagan xarajatlarini qöşsangiz, asl raqam taxminan 65 trln dollarni taşkil qiladi va islohotlar yöqligida bu qiymat avtomatik ravişda ösib boradi”, deb aytdi Uoker.
Bill Klinton prezidentligi davrida AQŞ Hisob palatasini boşqargan Uokerning aytişiça, AQŞning ösib borayotgan milliy qarzi ham içki, ham taşqi siyosatdagi u yoki bu taşabbuslarni amalga oşirişga xalaqit bermoqda.
AQŞ kongressi tomonidan qabul qilingan 2016 yilga byudjyet kelişuviga köra, AQŞ davlat qarzining limiti 2017 yilning martigaça avtomatik ravişda kötarilib boriladi. The Washington Times naşrining yozişiça, Obama prezidentligi paytida AQŞ davlat qarzi 2 barobarga köpaygan. Naşrning taxminiça, amaldagi prezidenti AQŞni 20 trln dollarlik qarz bilan qoldiradi.






