Lyuksemburg taşqi işlar vaziri Jan Asselborn Yevropa Ittifoqi ma'muriyati ittifoq tarkibiga kirmagan Bolqon davlatlari hududida ham qoçqinlarni röyxatga oliş va saqlaş markazlarini taşkil etiş masalasini körib çiqayotganini ta'kidlab ötdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Biz Bolqon yölida, yangi markazlarda işlaşi mumkin bölgan konsepsiyani körib çiqmoqda, - dedi Asselborn. – Bu konsepsiya örganilişi va aniq belgilab olinişi lozim. Ammo bunday markazlar yöl davomida muhojirlarni qabul qilib, boşpana söraş jarayonini boşlab berişi mumkin.
Ğoya şundaki, oqimlarni biroz sekinlaştirib, biz duç kelayotgan qiyinçiliklarni biroz yengillaştiriş, şuningdek, muhojirlar miqdorini nazorat qiliş hamda ularning şaxsini tekşiriş işlarini takomillaştiriş zarur”.
U bunday markazlar Turkiyada taşkil qilinmasligini alohida qayd qildi.






