Rossiyaliklarning nafaqat Misrga, balki boşqa xavfli davlatlarga parvoz qilişlarini taqiqlaş imkoniyati Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev ötkazgan yiğilişda muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Kommersant” gazetasi Rossiya davlat muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda.
Rossiya 6 noyabr Moskva vaqti bilan soat 20.00dan Misrda A321 samolyoti falokatga uçraşi sabablari aniqlaştirilmagunça Misr bilan aviaaloqani töxtatdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Misrda qolayotgan rossiyaliklarga uylariga qaytişda yordam körsatiş vazifasini yukladi. Şuningdek, Putin 8 noyabrda Rossiya aviakompaniyalariga 8 noyabrdan Misrga yölovçilarni taşişni vaqtinçalik töxtatiş haqidagi qarorni imzoladi.
Gazeta manbasining fikriça, Misr bilan aviaaloqa ança muddatga töxtatilgan.
“Misr bilan aviaaloqaga taqiqlov 1-2 oyga emas, bir neça yillarga çöziladi”, deb aytmoqda manba.
Manbaning ta'kidlaşiça, bunday taqiqlovlar “boşqa davlatlarga nisbatan ham kiritilişi mumkin”.






