Malayziya hukumati “Abu Sayyof” terrorçi guruhi qöliga tuşib qolgan fuqaro ayolni ozod qiliş uçun jinoyatçilarga heç qanday pul mablağlari bermagan. Bu haqda mamlakat boş vaziri Ahmad Zohid Hamidiy Buyuk Britaniyadagi safari çoğida aytib ötgan.
“Tutqun ayolni ozod qiliş muvaffaqiyatli amalga oşirildi, ammo ekstremistlar bizning yana bir fuqaromizni uşlab turibdi, uning taqdiri böyiça muzokaralar davom etmoqda”, - uning sözlarini keltiradi Bernama agentligi.
Hamidiy ayni paytda IIV rahbari ham hisoblanadi. Uning işontirişiça, 39 yoşli erkakning ozod qilinişi yaqinda amalga oşiriladi.
Filippinning eng yirik terrorçi guruhlaridan bölgan “Abu Sayyof” IŞID bilan bevosita aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Ular Janubi-Şarqiy Osiyoning bir neçta davlati hududida xalifalik qurişni asosiy maqsadlari deb e'lon qilgan.






