Malayziya Buyuk Britaniya bilan sobiq jangarilar va radikal islomçilarni osuda hayotga qaytariş, ya'ni reabilitatsiya qiliş dasturi böyiça tajribasi bilan bölişmoqçi. Bu haqda Londonga işçi safar bilan kelgan Malayziya içki işlar vaziri, mamlakat boş vaziri örinbosari Ahmad Zohid Hamidiy ma'lum qildi, deb yozmoqda Star gazetasi.

Hamidiyning aytişiça, “bunday adaşgan odamlarni oddiy hayotga qatarişning malayziya tajribasi samaradorligi 95 foizga baholanadi”. Hamidiy mahalliy maxsus xizmatlar rahbarlari bilan uçraşuvi natijalariga köra, uning britaniyalik hamkasblari “1948 yildan beri davom etib kelayotgan bu modelga qattiq qiziqiş bildirişayotganini” ta'kidlab ötdi. Hamidiyning aytişiça, Buyuk Britaniya yaqin orada bir neça zobitlarini sobiq jangarilarni reabilitatsiya qiliş böyiça tajriba almaşiş maqsadida Malayziyaga yubormoqçi.

Hamidiy, şuningdek, Buyuk Britaniya içki işlar vaziri Tereza Meyni Kuala-Lumpurda 2016 yil 25-26 yanvarda bölib ötadigan ekstremistlarni reabilitatsiya qiliş masalalariga bağişlangan xalqaro anjumanda iştirok etişga taklif qildi.