Germaniyada marhum rossiyalik muholifatçi siyosatçi Boris Nemtsov nomida jamğarma taşkil etildi, deb xabar bermoqda siyosatçining qizi Janna Nemtsova özining feysbukdagi sahifasida.
“Germaniyada ozodlik uçun Boris Nemtsovning jamğarmasi yaratildi. Jamğarmaning ijroçi direktori Olga Şorina böladi”, deb yozdi Janna Nemtsova.
Janna Nemtsovaning aytişiça, Şorina uzoq vaqt davomida otasining “öng qöli” va fikrdoşi bölgan.
“Jamğarmaning vazifasi otamning işini Germaniya va Rossiya qonunçiligiga töliq moslikda davom ettirişdan iborat. Jamğarmaning faoliyati mening davlatim erkin böladigan lahzalarni yaqinlaştiradi, deb umid qilaman. Va biz yana vatanimizga qayta olamiz”, deb yozdi Nemtsova.
Avvalroq Nemtsovning qizi unga bildirilayotgan tahdidlar tufayli xorijga ketgani ma'lum qilingandi.
Boris Nemtsov joriy yilning 28 fevralida keçki payt Moskva markazidagi Katta Moskva köprigida otib ketilgan.






