“Oskar” va “Oltin globus” kinomukofotlari sohibi, Gollivudning maşhur aktyorlaridan biri Robert De Niro Moskvada özining yangi restoranini oçdi. Şu munosabat bilan u rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatlaşdi. Amerikalik aktyor Moskvaga Nobu restoranlar tarmoği egalaridan biri sifatida keldi.
De Niro jurnalistlar bilan suhbatga yaxşi kayfiyatda keldi, ular bilan suhbat çoğida köp tabassum, hazil-mutoyiba qildi.
Oxirgi paytda köplab xorijiy artistlar, sportçilar, xonandalar Rossiya fuqaroligi olişni söraşmoqda. De Nirodan u ham bunday yöl tutişi ehtimoli bor-yöqligini söraşganda “Ehtimol, men Rossiya fuqaroligini olişni istarman. Bu murakkab vaziyat, öylab köriş kerak, oldindan heç narsani aytib bölmaydi”, deb aytdi.
Şuningdek, aktyordan u Rossiya yoşlariga qanday maslahat bergan bölişi mumkinligi haqida söraşdi. “Men hammangiz yiğilib, töğri işlar bilan şuğullanişingizni, barça bema'nigarçiliklarni ortda qoldirib, dunyoni yaxşiroq qilişingizni istardim. Biz barçamiz bahslar töxtaşi uçun birlaşişimiz, birga işlaşimiz lozim”, deb aytdi De Niro.
De Niro şuningdek, çuçvaralarni yaxşi körişini, biroq ularni tayyorlaşni bilmasligini aytdi. De Nirodan böş vaqtini restoran biznesidan boşqa yana nimaga bağişlaşni istaşi haqida söraşganda u “Köp narsa bilan şuğullanişni istardim, biroq bunga vaqt topişim dargumon”, deb javob berdi.
De Niro hozirda 72 yoşda. Jahon kinosan'atining yetakçi aktyorlaridan hisoblanadi. “Çöqintirgan ota”, “Yovuz köçalar”, “Taksiçi”, Quturgan hökiz”, “Komediya qiroli”, “Ota-ona bilan tanişiş” kabi köplab maşhur filmlarda rollar ijro etgan.






