Toyota SF-R mitti kupesining sotuvga möljallangan versiyasi 1.2 l li 4 silindrli turbomotor bilan ta'minlanadi. Motoring naşrining eslatib ötişiça, uning prototipi Tokio avtoşousida namoyiş etilgan edi.

Aprelda debyuti bölib ötgan dvigatel 116 ot kuçiga ega bölib, yoqilğining bevosita purkalişi asosida işlaydi. Şuningdek, u maxsus VVT-iW gaz taqsimotini özgartiriş tizimiga ega, buning natijasida motor kiçik yuklamalarda Atkinson silsilasi böyiça işlaydi.

Kuç qurilmasining termik foydali iş koeffitsiyenti 36 foizga teng bölib, yoqilği sarfi 4.7 l/100 km ga teng.
Bundan taşqari, kupe 130 ot kuçiga ega 1.5 l li motor bilan ta'minlanişi mumkinligi aytilgan edi. Maşinaning bunday versiyasi faqat Yaponiya içki bozori uçun çiqarilişi mumkin.

Turbomotorli versiya esa asosan AQŞ va Yevropa bozori uçun möljallanadi. Har ikkala dvigatel Aisin kompaniyasining 6 bosqiçli mexanik ötkazmalar qutisi yoki variator bilan uyğunlikda işlaydi.
Kupe massasi ming kg dan oşmaydi.
Toyota SF-R kupesi 2018 yili sotuvga çiqarilişi kutilmoqda. Uning narxi taxminan 20 ming dollarni taşkil qiladi.