Turkiyaning Dal Engineering Group korxonasi Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida yangi sement zavodi quradi. Bu haqda korxona vakiliga asoslangan holda "Sputnik" naşri xabar qilgan.
Manbaning sözlariga köra, 6 noyabr kuni, Toşkentda bölib ötgan Xalqaro investitsiya forumida Dal Engineering Group va Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati sement zavodi quriş haqida memorandum imzolagan.
Yangi zavodning taxminiy narxi 225 mln dollarni taşkil qiladi. Uşbu mablağning 90 mln dollarlik qismini Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi ajratadi, 24,4 mln dollarlik qismini Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati beradi. Yana 110 mln dollar mablağni mamlakatdagi tijorat banklaridan kredit sifatida jalb qiliş rejalaştirilgan.
2018 yilda işga tuşirilganidan keyin, zavod yiliga 1,5 mln tonnagaça portlandsement işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.
Bu sement işlab çiqariş böyiça Turkiyaning Özbekistondagi birinçi yirik loyhasi emas. 2014 yilning mart oyida Dal teknik makina tigaret ve sanayi A.S kontsortsiumining a'zolaridan biri Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodini işga tuşirgandi. Loyihaning umumiy narxi 114 mln dollardan oşadi.
Hozirda uşbu zavodda kengaytiriş işlari olib borilmoqda. Tsement işlab çiqariş liniyasi yiliga 760 ming tonnadan 1 mln tonnagaça yetkiziş közda tutilgan. Texnologik liniyani kengaytiriş 2016 yilning sentabrida tugatilişi nazarda tutilgan. Kengaytiriş narxi 35,8 mln dollarni taşkil qiladi.
Mahsulot narxini arzonlaştiriş maqsadida Jizzax viloyatidagi "Timiryazevskoye II" ganç konini özlaştiriş közda tutilgan. Hozirgi kunda zavodga ganç Buxorodan temir yöl orqali olib kelinadi. Konning aniqlangan zaxirasi 1,1 mln tonnani taşkil qiladi.
Bundan avvalroq, 2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatida umumiy qiymati 21.6 mln dollarni taşkil qiluvçi 47ta loyiha amalga oşirilişi, bu loyihalardan eng asosiysi Surxondaryoda quriladigan sement zavodi bölişi haqida xabar qilingandi.






