Daniyalik sayyoh Mogens Eskesen tasodifan “muallaq” turgan toş topib oldi, deb xabar bermoqda The Local. Eskesen Norvegiyaning Kristiansann şahrida anestezist bölib işlaydi. Vest-Agder guberniyasining Losland qişloğida aylanib yurganida havoda muallaq turgan ulkan toşga duç keladi.

“Men ilgari bu toş haqida kimdir gapirgani haqida eşitmagan edim. Balki uni mendan oldin köpçilik körgandir, ammo uning suratlarini şu vaqtgaça körganim yöq edi”, – deb gapirib berdi naşrga sayyoh. Uning aytişiça toş neça ming yillardan beri şu holatda turgan.

Nafaqadagi geolog Ule Fritof Frigstadning ta'kidlaşiça, Eskesen bu borada haq. Geolog toşning holatini “mö'jiza” deb baholagan. “Muzliklar bu yerdan 12 ming yillar muqaddam çekingan. Toşdagi bu holat ana şu muzliklarning erişi natijasida vujudga kelgan”, — deb aytgan u.