AQŞning Hennessey Performance kompaniyasi (dunyodagi eng tezkor maşina - Venom GT’ni yaratgani bilan maşhur) elektromobil işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Jon Xennessiga tayangan holda Top Gear xabar bermoqda.
“Biz biron-bir elektrik narsa öylab topmoqçimiz. Biz batareyalar quvvati oşib, hajmi kamayadigan paytni kutmoqdamiz. Köp kutmasak kerak deb öylayman”, - dedi Xennessi.
Agar kompaniya işlanmalarga hoziroq kirişsa, bugungi texnik imkoniyatlar doirasida vazni 2 tonna bölgan maşina yarata oladi.
Bundan taşqari, Xennessi gibridlar ustida işlanmasligini ta'kidladi.
“Ferrari, Porsche va McLaren gibrid texnologiyalari bilan ajoyib işlar bajardilar, lekin menga bu qiziq emas. Venom’da faqat elektromotorlar bölişi mumkin”, - qöşimça qildi Hennessey Performance rahbari.
Oktyabr oyi oxirida kompaniya Venom GT superkarning elektrik versiyasini taqdim qildi. U 1451 ot kuçiga ega V8 tvin-turbo dvigateliga ega böldi; bu körsatkiç standart versiyaning agregatidan 207 ot kuçiga köproqdir. Maşinaning bu versiyasi maksimal darajada 450 km/soat tezlikka çiqa oladi.






