Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi özining rasmiy saytida “Real” hujumisi Karim Benzemaning “Lion” öyiniçisi Matyo Valbuenaga şantaj qilganlikda gumonlangan, ismi oşkor etilmagan şaxs bilan bölib ötgan suhbatini e'lon qildi.
“Men unga, agar istasang, video butunlay yöqoladi, buning uçun Lionga, yoningga döstim boradi, deb aytdim. Menimça, Valbuena bularning barini jiddiy qabul qilmayapti. Men unga, senga yordam beraman, faqat öşa inson bilan uçraşgin, dedim. Videoning ikkinçi nusxasi yöqligi haqida unga söz berdim. U videoda tatuirovkalarim ham köringanmi, deb söradi. Barça narsa köringan, deb javob qildim unga. Yana şuni qöşimça qildimki, bilganingni qil, hayot seniki. Tölamas ekansan özingdan kör, men ogohlantirdim”, — deb gaplaşgan Benzema suhbatdoşi bilan.
Avvalroq Benzema milliy terma jamoadagi öz jamoadoşi Valbuenaga şantaj qilinganlikda ayblangan, futbolçilarning har ikkalasi ham Fransiya terma jamoasi ötkazgan örtoqlik uçraşuviga taklif etilmagan edi.






