Özbekistonda 46ta şahar va tuman hududlarida “Kamolot” uylari barpo etilib, yoş oilalarga topşirildi. Bu haqda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati markaziy kengaşi raisi Bahodir Ğaniyev ÖzA muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, şu kunlarda Andijon, Buxoro, Kogon, Qarşi, Zarafşon, Yangiyer, Termiz, Quvasoy, Angren, Bekobod, Olmaliq şaharlari, Uyçi şaharçasi, Amudaryo, Beruniy, Xöjayli, Ellikqal'a, Asaka, Baliqçi, Ğijduvon, Mirzaçöl, Paxtakor, Ğallaorol, Muborak, Şahrisabz, Karmana, Qiziltepa, Mingbuloq, Töraqörğon, Jomboy, Iştixon, Pastdarğom, Oqoltin, Sardoba, Jarqörğon, Qumqörğon, Toşloq, Uçköprik, Böstonliq, Ohangaron, Gurlan, Xiva, Xonqa, Çilonzor, Sergeli, Uçtepa va Bektemir tumanlari hududida “Kamolot” uylari barpo etilib, foydalanilmayotgan va qurilişi tugallanmagan binolar rekonstruksiya qilinib, yoş oilalarga topşirildi.
“Ayni paytda “Kamolot” uylari uçun hisobga qöyiş masalasi bilan şuğullanuvçi markaziy va hududiy komissiyalar kelib tuşgan arizalarni sinçiklab örganmoqda, - dedi B.Ğaniyev öz sözida. - Maqbul topilgan yoşlarga “Kamolot” uylaridan birini sotib oliş uçun maxsus tavsiyanoma berilayotir. Hozirgi kunga qadar 2500 ga yaqin yoş oila röyxatga olinib, ular ana şunday tavsiyanomalarga ega böldi”.
“Kamolot” YoIH raisining qöşimça qilişiça, “Kamolot” uylarining navbatdagisi yangi – 2016 yil arafasida öz egalariga topşiriladi.






